17-yanvar kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani IIB xodimlari tomonidan tuman hududida joylashgan Informatika kasb-xunar kollejida “Davomat” tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
O‘tkazilgan tadbir davomida muassasaga kirish joyida ushbu kollejning 3-bosqich talabasi, 1999-yilda tug‘ilgan Hojimatov Jamshid Rahimjon o‘g‘li o‘quv muassasasiga belgilanmagan ko‘rinishda (soqoli olinmagan, sport kiyimida) kirmoqchi bo‘lgani sababli unga tanbeh berildi, biroq u Ichki ishlar organi xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmadi.
Kollej rahbariyati bilan o‘tkazilgan suhbat davomida J.R. Hojimatov salbiy tarafdan tavsiflangani uchun uning ota-onasi, qarindoshlari, maxalla fuqarolar yig‘ini faollari hamda jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi.
Holat yuzasidan MJtKning 183 va 194-moddalari bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Izoh (0)