Qozog‘istonning Aqto‘be 18-yanvar kuni sodir bo‘lgan fojia oqibatida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgani munosabati bilan xorijiy davlatlar rahbarlari nomidan hamdardlik maktublari kelmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Shavkat Mirziyoyev nomiga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani, Vengriya Prezidenti Ader Yanosh, Chexiya Prezidenti Milosh Zeman tomonidan yo‘llangan samimiy hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlari bitilgan maktublar keldi.
Xorijiy davlatlar rahbarlari o‘z maktublarida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgani haqidagi xabar ularni chuqur qayg‘uga solganini ta’kidlagan. Sodir bo‘lgan fojia munosabati bilan ular O‘zbekiston Prezidenti, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlari, butun o‘zbek xalqiga chuqur hamdardlik izhor etgan.
Hamdardlik nomalari kelishi davom etmoqda.
Izoh (0)