Detroyt shahri (Michigan shtati) aholisi aksariyatining e’tiborini tortgan meteorit 17-yanvar, chorshanbaga o‘tar kechasi Yer atmosferasining zich qatlamlariga kirgandan so‘ng parchalanib ketdi. Buning natijasida yuzaga kelgan portlash kuchi trotil ekvivalenti 100 tonnaga yetdi. Bu haqda 17-yanvar, chorshanba kuni NASA Kosmik parvozlar markazi meteoritlar boshqarmasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Bu meteor yuqori bo‘lmagan — soatiga atigi 45,06 ming kilometr tezlik bilan ko‘chganligini aniqladik. Bu fakt hodisa yorqinligi bilan birgalikda obyekt parchalanib ketishdan avval atmosferaga chuqur kirganligini ko‘rsatadi”, — ta’kidlaydi AQSh kosmik boshqarmasi bo‘limi Facebook’dagi sahifasida.
NASA yetakchi ilmiy xodimi Bill Kukning aniqlik kiritishicha, meteor parchalanishi oqibatida yuzaga kelgan portlash zarba to‘lqini va gumburlagan ovozni keltirib chiqargan. Bu esa Michigan janubi-sharqi aholisi aksariyatini cho‘chitib yuborgan.
Izoh (0)