Kolumbiyaning Kundinamarka va Meta provinsiyalari o‘rtasida qurilayotgan yangi ko‘prikning qulashi oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aytilishicha, qurbonlarning barchasi quruvchilardir.
Voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda.
Vayronalar ostida yana bir necha kishi qolib ketgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Izoh (0)