“Daryo” va “Olamsport” nashrlari Persona’ga o‘zbekistonlik muaytay ustasi Anvar Boynazarovni taklif qildi.

Foto: Google Images

Persona. Shohjahon Ergashev ko‘cha bezorisi emas. U qo‘li sinib ketganida ham o‘z jangida yutib chiqqandi (video)

Anvar Boynazarov 1989-yilning 10-yanvar kuni Samarqandning Jomboy tumanida tug‘ilgan. 12 yoshidan boshlab taekvondo bilan shug‘ullangan. U professional karyerasini rivojlantirish uchun 2008-yil Tailand poytaxti Bangkokka jo‘nab ketdi va dastavval havaskor muaytaychilar o‘rtasida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

2011-yilga kelib Boynazarov WMF yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi. Ikki yildan keyin bu muvaffaqiyatini takrorladi. Muaytayda unga qadar o‘zbekistonlik sportchilar bunday katta muvaffaqiyatga erishmagandi.

Persona. Shohjahon Ergashev prof ringda Fazliddin G‘oibnazarov bilan to‘qnash kelishni istamaydi. Nega?

Faoliyati davomida Anvar 111 ta jang o‘tkazib ulgurgan. Bu janglarini bor-yo‘g‘i 5 yil ichida o‘tkazib, o‘ziga xos rekord o‘rnatgan. Ayni paytda tik turib jang qiluvchi sportchilar uchun eng oliy bo‘lgan Glory ligasida faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston havaskor va professional kikboksing assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Anvar Boynazarov haqida Gollivud film suratga olishni rejalashtirgan.

Personda’da sportchi muvaffaqiyatlariga qanday erishgani, bu yo‘lda nimalarni qurbon qilgani haqida aytib berdi. U bitta jangidan qancha pul topishini, o‘zbekistonlik sportchilarga nima yetishmasligini ham yashirib o‘tirmagan. Quyida intervyudan parchalar keltirildi. Tez orada Boynazarov bilan suhbatning o‘zi taqdim etiladi.