Amerika Twitter’ida yangi narsa — “tvitdeking” paydo bo‘ldi, deb yozadi Afisha Daily. Foydalanuvchilar o‘z retvitlarini reklama agentliklariga sotib, bundan minglab dollar orttirmoqda.

Foto: EPA

Tweetdeck dasturi yordamida foydalanuvchilar maxfiy guruh chatlarini yaratadi. Ularning ishtirokchilari soni bir necha yuz nafargacha yetishi mumkin, ular asosan o‘smirlardan iborat bo‘ladi. Chatlarda topshiriqlar e’lon qilinadi, masalan, muayyan qaydni retvit qilish haqida. Topshiriqni bajarganlik uchun taxminan 5 dollar mukofot puli to‘lanadi. Bunday kampaniyalarga taniqli brendlar va hatto mashhur kishilar ham mijozlik qiladi.

Ishtirokchilar tvitdekingdan hech qanday kuch ketkizmasdan 5—10 ming dollar ishlab topish mumkinligini aytmoqda. Bunday nayranglar ijtimoiy tarmoq qoidalarini buzadi, shu sababli tvitdekerlar akkauntlari ko‘pincha Twitter ko‘mak markazi tomonidan bloklab qo‘yiladi.