CES 2018 ko‘rgazmasi doirasida Hanson Robotics kompaniyasi mutaxassislari oyoqli Sofiya robotini namoyish etdi, deb yozadi CNET.
Shu paytgacha robot harakatlana olmas edi va tanasining pastki qismi yo‘q edi. Ayni paytda u soatiga bir kilometr tezlikda yura oladi va bir qancha raqs harakatlarini bajara oladi.
Sofiya 2016-yil mart oyidagi intervyusida “Odamlarni o‘ldirasanmi?” degan savolga ijobiy javob bergandi. Keyinchalik, joriy yil aprelida AQSh televideniyesidagi chiqishida dunyoni egallash istagi haqida hikoya qildi, biroq bu hazil ekanligini qo‘shib qo‘ydi.