Britaniyalik Yasin Killisk Birlashgan Arab Amirliklarida uch hafta qamoqda o‘tirgandan so‘ng jarimaga tortildi va mamlakatdan deport qilindi, deb yozadi UAEInside.
Barchasi ko‘chmas mulk agenti 29 yoshli Yasin Killisk 8 ming dollarga minilgan Volkswagen xarid qilishidan boshlandi.
Xariddan so‘ng avtomobil avariyadan keyin hisobdan chiqarilgan, qayta tiklangan va sotuvga qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi. Ranjigan xaridor dilerga xabar yubordi va u xaridorni o‘marganligini bilgan holda kechasi qanday uxlayotganligiga qiziqdi. Shuningdek, sudga berish bilan tahdid qildi.
Bunga javoban vijdonsiz diler politsiyaga murojaat qildi. Politsiya xodimlari kiberxavfsizlik qonunchiligi asosida britaniyalikni hibsga oldi. Yasin va uning rafiqasi Yangi yilni yaqinlari bilan nishonlash uchun Angliyaga uchib ketmoqchi bo‘lib turganda, Dubay aeroportida qo‘lga olindi.
Yasin Yangi yilni qamoqda kutib olish va jarima to‘lashga majbur bo‘ldi.
Izoh (0)