Brent turidagi neftning bir barreli bahosi 2014-yil dekabridan beri birinchi marotaba 70 dollardan oshdi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
Londonning ICE Futures birjasida 11-yanvar, Toshkent vaqti bilan soat 21:26 da martda yetkazib beriladigan Brent nefti qiymati 83 sentga oshdi va bir barreli uchun 70,03 dollarni tashkil etdi.
Nyu-York tovar birjasida (NYMEX) esa yuqorida ko‘rsatilgan vaqtda fevralda yetkaziladigan WTI nefti bahosi 1,02 dollarga ko‘tarilib, bir barreli uchun 64,59 dollarga teng bo‘ldi.
Ekspertlar narx oshishini AQShda neft zaxiralari kamayishi va o‘tgan haftada neft qazib olishning to‘satdan pasayib ketishi bilan izohlamoqda.
Izoh (0)