Yaqindagina Jizzax safaridan qaytib kelgan O‘FF vakillari, endi vodiy futbolining bugungi holati qanday ekanini o‘rganishga kirishgan. “Navbahor” klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘FF vakillari ayni paytda Namanganda bo‘lib turibdi.
Xabarda qayd etilishicha, “Navbahor”ni ko‘zdan kechirayotgan tashkilot delegatsiyasi birinchi navbatda “Markaziy” o‘yingohiga tashrif buyurib, “Navbahor” futbol klubi rahbariyati va viloyat futbol federatsiyasi rahbariyati bilan suhbat o‘tkazgan. Keyinroq, stadiondagi ahvolni ko‘zdan kechirgan.Keyingi manzil “Navbahor-Umid” futbol maktabi bo‘ldi. Bunda O‘FF delegatsiyasi maktab tarbiyalanuvchilari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan, maktab murabbiylari va rahbariyati bilan fikr almashgan.
Kunning ikkinchi yarmida esa delegatsiya vakillari “Barkamol avlod” sport majmuasiga borgan. Rejaga ko‘ra, “Navbahor” ayollar va futzal jamoalari 2018-yilgi mavsumni mana shu majmuada o‘tkazadi.