Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 9-yanvar kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi qonunga “hukumat soati” tushunchasi kiritildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

Unga ko‘ra, Qonunchilik palatasi, qoida tariqasida bir oyda bir marta, o‘z majlisida hukumat a’zolarining deputatlar savollariga javoblarini eshitadi.

Ularni o‘tkazish jadvali Bosh vazir bilan kelishilgan holda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan belgilanadi. Deputatlarning hukumat a’zolariga savollari “hukumat soati” o‘tkazilishidan kamida 10 kun oldin Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.

Vazirlar Mahkamasi savollar ro‘yxatidan kelib chiqqan holda deputatlar savollariga javob beradigan hukumat a’zolarini belgilaydi. “Hukumat soati” yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Roli sabab tomoshabinlar tanqidi va g‘azabiga uchragan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)
Dunyo
Putinning askarlar onalari bilan uchrashuvi feykmi? Ushbu uchrashuvda aslida kimlar qatnashgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonda 25-noyabr kuni 124 kishida koronavirus aniqlandi