23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatini mag‘lubiyat bilan boshlagan O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi. Uning fikrlari OFK rasmiy saytida ko‘rinish berdi.
Oldiga chempionlik vazifasi qo‘yilgan O‘zbekiston termasi Osiyo Chempionatini mag‘lubiyat bilan boshladi
Haydarov terma jamoa bilan 2 yilga yaqin vaqt davomida ishladi. Uning aytishicha, shogirdlari Qatarga qarshi o‘yinda ko‘p xatoga yo‘l qo‘ygan. Shuning uchun ham mutaxassis Xitoy bilan o‘yingacha ularni bartaraf etmoqchi.Nihoyatda qiyin o‘yin o‘tkazdik. Futbolchilarimiz o‘zining eng yaxshi xususiyatlarini namoyish eta olmadi. Guruhimiz ancha kuchli ekanidan kelib chiqsak, mag‘lubiyat keyingi o‘yinga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Biz yo‘l qo‘ygan xatolarimiz ustida ishlaymiz. Ularni keyingi o‘yingacha bartaraf etishimiz kerak.Ravshan Haydarov, O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi
Bir necha oy davomida bartaraf etilmagan xatolarni to‘g‘rilash niyatidagi Haydarov jamoasi yana ikki kundan keyin — 12-yanvar kuni Xitoyga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.
Qit’a chempionati boshlandi. O‘zbekiston bilan o‘yin oldidan Xitoy termasi Ummon darvozasiga 3 ta gol urdi
O‘zbekistonga qarshi o‘yinlar hech qachon oson bo‘lmagan. Chunki u murakkab raqib. Bugun biz maydonning har bir qarichida kurash olib bordik. Muhimi, shogirdlarim qattiq mehnat qildi. Ularda ruhiyat kuchli.Feliks Sanches, Qatar termasi bosh murabbiyi
Mazkur mutaxassis bir vaqtning o‘zida Qatar milliy termasiga ham ustozlik qiladi. U 2014-yil ham Ravshan Haydarov bilan bir musobaqada ishtirok etgan. U19 Osiyo Chempionatida qatarliklar chempion bo‘lgan, Haydarov jamoasi esa yarim finalda yurishiga yakun yasagandi.
Izoh (0)