Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati yadro qurolidan foydalanish sohasidagi mavjud cheklovlarni susaytirish va yangi yadroviy jangovar kallak yaratishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru” AQSh milliy xavfsizlik kengashi sobiq katta direktori Jon Vulfstalga tayanib.

Foto: “Gazeta.ru”

Foto: “Gazeta.ru”

Uning aytishicha, Pentagon yangi yadroviy doktrinani tayyorlab qo‘ygan. Unda gap, xususan, kam quvvatli yangi yadroviy jangovar kallak haqida boradi, u suv osti kemalaridan uchiriladigan Trident raketalarida qo‘llaniladi.

Vulfstalning so‘zlariga ko‘ra, bunday jangovar kallakning yaratilishi Rossiyani Sharqiy Yevropadagi nizoda taktik jangovar kallaklarni qo‘llashdan tiyib turishga qaratilgan.

Ta’kidlanishicha, yangi doktrinada yadro zarbasi berilishi mumkin bo‘lgan potensial sharoitlar ro‘yxati kengaytirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi