Qirg‘iziston parlamenti mamlakat prezidenti, bosh vaziri, spiker va boshqa oliy martabali rahbarlar uchun chet el safarlari chog‘ida milliy bosh kiyimi — oq qalpoqda yurishni majburiy qilib belgilash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Vesti Kavkaza” xabar berdi.
Tashabbus mualliflarining fikricha, ushbu chora qirg‘iz xalqining ko‘p asrlik an’analarining saqlanishi va jahon miqyosida tanilishiga xizmat qiladi.
“Milliy bosh kiymi — oq qalpoqqa madaniy ramz maqomini berish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.
Qonun loyihasida, shuningdek, oq qalpoqdan nojo‘ya maqsadlarda foydalanganlik uchun javobgarlik joriy etish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun muqaddam Facebook’ning o‘zbek segmentida milliy bosh kiyimi — do‘ppini targ‘ib qilish bo‘yicha fleshmob boshlangan edi.
Izoh (0)