AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton Myanma hukumatidan Reuters axborot agentligining hibsga olingan ikki xodimini ozod qilishni talab qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Matbuot erkinligi — erkin jamiyatning muhim bo‘lagidir. Jurnalistlarning hibsga olinishi qayerda bo‘lsa ham yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat. Reuters’ning hibsga olingan jurnalistlari zudlik bilan ozod qilinishi kerak”,— deb yozadi Klinton o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
Qayd etilishicha, Yangon shahrida 10-yanvar kuni jurnalistlar ustidan sud ishi bo‘lib o‘tadi. Bu ikkinchi sud eshituvi hisoblanadi. Aynan mazkur eshituvda jurnalistlarga qarshi ayblov ilgari suriladi.
Jurnalistlar 2017-yilning 12-dekabr kuni hibsga olingan edi. Myanma hukumati jurnalistlar nimada ayblanayotganini ma’lum qilmagan.
Izoh (0)