Yaponiyalik astronavt Norisige Kanai xalqaro kosmik stansiyada uch hafta bo‘lganidan so‘ng bo‘yi to’qqiz santimetrga cho‘zilganini ma’lum qildi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Bugun menda muhim xabar bor. Men jismoniy ko‘rsatkichlarni o‘lchash bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tdim. Ma’lum bo‘lishicha, bo‘yim uch santimetrga o‘sibdi. Shu tarzda uch hafta ichida bo‘yim cho‘zildi”, — deydi astronavt.
“Bunday holat maktabning o‘rta va bitiruvchi sinflarida o‘qiyotgan paytimdan beri kuzatilmagan edi. Endi ‘Soyuz’ kemasining o‘rindig‘ig‘iga joylasha olamanmi, deb o‘ylayapman”, — deya qo‘shimcha qladi Kanai.
Yaponiyadagi aerokosmik tadqiqotlar agentligining ma’lum qilishicha, kosmosda tortishish xususiyatining yo‘qligi sabab inson bo‘yi taxminan 1—2 santimetrga o‘sadi. Bo‘y uzunligining birdaniga 9 santimetrga o‘sishi bilan bog‘liq holat hali kuzatilmagan edi” — deyiladi xabarda.
Izoh (0)