Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘tgan haftada O‘zbekistonda 99 yo‘l-transport hodisasi sodir etildi, ularda 97 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati oldi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

2018 yil 1—7-yanvar kunlari yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 63410 qoidabuzarlik aniqlangan.

1628 haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 10728 nafari belgilangan tezlik talablarini, 747 nafari svetofor va chorrahalardan o‘tish qoidasini buzgan. Shuningdek, xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangan 9753 nafar haydovchiga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.

2017- yilning 25—31-dekabr kunlari 70259 qoidabuzarliklar ro‘yxatga olingan, 196 yo‘l-transport hodisasi tufayli 196 fuqaro jabrlangandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)
Mahalliy
Nogiron fuqaroning bo‘yniga zanjir bog‘langani aks etgan video yuzasidan izoh berildi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda