Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Xitoyning Shanxay universiteti Shanxay xalqaro biznes maktabini (SIBS) tashkil etish bo‘yicha strategik sheriklik to‘g‘risidagi dastlabki bitimni imzoladi. Bu haqda o‘quv yurti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: JIDU

Foto: JIDU

Maktab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi xalqaro oliy ta’lim muassasasiga aylanadi.

Maktab Shanxay universitetining quyidagi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha akademik dasturlarda ta’lim olishga imkoniyat beradi:

  • iqtisod (“Xalqaro iqtisod va savdo” yo‘nalishi),
  • moliya (“Xalqaro moliya” yo‘nalishi) va
  • “Xalqaro biznes” yo‘nalishi (magistratura).
Soha bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, biznes vakillariga maslahatlar berish, startaplarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ham yangi muassasa vazifalari sirasiga kiradi.

Biznes maktabni tashkil etish bo‘yicha yakuniy bitim 2018-yilning birinchi yarmida imzolanishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi