Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Xitoyning Shanxay universiteti Shanxay xalqaro biznes maktabini (SIBS) tashkil etish bo‘yicha strategik sheriklik to‘g‘risidagi dastlabki bitimni imzoladi. Bu haqda o‘quv yurti matbuot xizmati ma’lum qildi.
Maktab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi xalqaro oliy ta’lim muassasasiga aylanadi.
Maktab Shanxay universitetining quyidagi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha akademik dasturlarda ta’lim olishga imkoniyat beradi:
- iqtisod (“Xalqaro iqtisod va savdo” yo‘nalishi),
- moliya (“Xalqaro moliya” yo‘nalishi) va
- “Xalqaro biznes” yo‘nalishi (magistratura).
Biznes maktabni tashkil etish bo‘yicha yakuniy bitim 2018-yilning birinchi yarmida imzolanishi kutilmoqda.
Izoh (0)