Rossiya Markaziy saylov komissiyasi Dog‘iston muftiysining rafiqasi, jurnalist Ayna Gamzatova nomzodini mamlakat prezidentligiga ilgari surishni qo‘llab-quvvatlash uchun tuzilgan tashabbuskor guruhni ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortdi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
Komissiya mazkur qarorning asosiy sababi sifatida Gamzatova nomzodini ilgari surish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazish haqida bildiruv taqdim etish muddatining buzilishini ko‘rsatdi.
Shuningdek, Gamzatova o‘zi va turmush o‘rtog‘ining daromadlari to‘g‘risida ma’lumot ham taqdim etmagani bildirilmoqda.
Izoh (0)