Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on AQSh Suriyadagi kurdlarni hamon harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘zladi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
“Afsuski NATO bo‘yicha do‘stimiz AQSh kurd terrorchilarini qurol bilan ta’minlashni davom ettirmoqda. Xavotirimizning asl sababi shu. Biz Suriya shimolida O‘rta Yer dengiziga chiqishga yordam beradigan terrorchilik koridorining yaratilishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Bunday xavfga qarshi kerakli barcha choralarni qo‘llaymiz”, — deya ta’kidladi Erdo‘g‘on.
Shuningdek, u Suriya prezidenti Bashar Asadning kelgusi saylovda ham ishtirok etishiga qarshi chiqish qildi.
Izoh (0)