Tashabbuskor guruh Maxachqal’ada Dog‘iston muftiysining turmush o‘rtog‘i, 46 yoshli Ayna Gamzatovani rasman Rossiya prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
542 kishidan iborat tashabbuskor guruhga taniqli jamoat arboblari, diniy yetakchilar, olimlar va sportchilar kirdi.
Ro‘yxatga olish uchun zarur barcha hujjatlar 5-yanvar kuni Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi.
46 yoshli Gamzatova Rossiyadagi yirik musulmon axborot xoldingini boshqaradi, “Islom” jurnali bosh muharriri, “Yo‘l” xayriya fondi ta’sischilaridan biri hisoblanadi.