O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov chexiyalik hamkasbi Martin Stropnitskiyga maktub yo‘llab, uni ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan tabrikladi. Maktub matni TIV matbuot xizmati tomonidan keltirildi.
“O‘tgan davr ichida ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro teng va do‘stona aloqalar o‘rnatildi, shuningdek, turli sohalarda samarali va o‘zaro manfaatdor aloqalar tajribasi to‘plandi”, — ta’kidladi Komilov.
“O‘zbekiston Chexiyani Yevropadagi muhim va ishonchli hamkor sifatida ko‘radi. Biz munosabatlarimizning kelajagiga katta optimizm bilan qaramoqdamiz va ikki tomonlami munosabatlarni yanada rivojlantirib borishga tayyorligimizni bildiramiz”, — deyiladi maktubda.
So‘zining yakunida O‘zbekiston tashqi siyosiy idorasi rahbari Chexiya tashqi ishlar vazirini Yangi yil ayyomi bilan tabriklab, sog‘lik-omonlik tilab qoldi.
Izoh (0)