Hindistonda muvaffaqiyatli ajratilgan siam egizaklari birinchi marta bir-birini yuzma-yuz ko‘rdi va o‘zining birinchi mustaqil Yangi yilini nishonladi. Boshi qo‘shilib tug‘ilgan Jagannatx va Kalya Kanvara ikki yoshu sakkiz oyligida ikkita og‘ir operatsiyadan keyin bir-birini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Kraniopag (boshi qo‘shilib tug‘ilish) bo‘lgan Jagannatx va Kalya juda kamyob hodisa bo‘lib, 2,5 millionta tug‘ruqda bir marta uchraydi va siam egizaklarinng atigi ikki foizini tashkil qiladi. Bunday bolalarning 40 foizdan ortig‘i o‘lik tug‘iladi, har uchinchisi esa bir sutkadan ortiq yashamaydi, 80 foizi esa, agar ajratilmasa, ikki yoshgacha vafot etadi.