Yangi yil arafasida Xorazm viloyati Urganch tumanida 31 nafar uy-joyga muhtoj, imkoniyati cheklangan fuqaroga yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uylar kaliti topshirildi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Bunday e’tibor, g‘amxo‘rlik bizni umidsizlik, ishonchsizlik kayfiyatidan qutqarib, hayotimizga yangi mazmun olib kirmoqda, ruhan tetiklik bag‘ishlamoqda.Bu uyda to‘ylar o‘tkazib, yaxshi kunlarimni el bilan baham ko‘rishdek baxtga yetganimga shukronalar aytaman.
Omonjon Qutlimurodova, yangi uy egalaridan biri
Xorazm viloyati hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, 2017-yilda nogironligi bo‘lgan, ehtiyojmand 115 fuqaro imtiyozli, arzon va barcha qulayliklarga ega uy bilan ta’minlangan.