Hozirda Xalqaro koinot stansiyasida ishlayotgan kosmonavtlar va astronavtlar Yangi yilni 15 marotaba qarshi oladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ular ilk bor 31-dekabr, soat 18:26 da Avstraliya va Yangi Zelandiya oralig‘ida 2018-yilni qarshi oldi.
Shundan so‘ng ekipaj 15 bor Yangi yil kirgan soat kamarlarini kesib o‘tadi va oxiri 2018-yil 1-yanvar soat 16:02 da Tinch okeani akvatoriyasida bayramni kutib oladi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda XKS bortida “Roskosmos” kosmonavtlari Aleksandr Misurkin va Anton Shkaplerov, NASA astronavtlari Jozef Akab, Mark Vande Xay, Skott Tingl va JAXA astronavti Norishige Kanaidan iborat 54-xalqaro ekspeditsiya ishlamoqda.