Hindiston koinot tadqiqotlari tashkiloti (ISRO) rekord miqdordagi — biryo‘la 31 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Andxra-Pradesh shtatida joylashgan Shrixarikota orolidagi kosmodromdan PSLV raketasi uchirilishi 2018-yil 10-yanvarga mo‘ljallangan. Undagi eng yirik yuk vazni 700 kilogrammdan oshiq mahalliy Cartosat-2 sun’iy yo‘ldoshi bo‘ladi.
Raketa orbitaga yana Hindistonda ishlab chiqilgan mikro va nano sun’iy yo‘ldosh, shuningdek, xorijiy davlatlar, jumladan, Finlandiya va AQShning 28 ta nano qurilmasini olib chiqadi.
Izoh (0)