Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan 2017-yil 31-dekabr kuni yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida o‘tkazilgan tadbirlar davomida qator qoidabuzarliklar aniqlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, shu kuni avtomobilni mast holda boshqargan 4 nafar haydovchi to‘xtatildi. Ularga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Ushbu haydovchilarning fotolari IIBB saytida joylashtirildi.