2017-yilda Termiz shahrida zamonaviy qulayliklarga ega 7 qavatli beshta arzon turar joy binosi qurilib, foydalanishga topshirildi, deb xabar beradi O‘zA.
Tumandagi qishloqlarda 1000 dan ortiq yangilangan namunaviy loyihalar asosidagi arzon uy-joy qad rostladi.
Shuningdek, odamlarning turar joyga talabi o‘rganilib, 16 mingga yaqin oilaga uy-joy qurish va yordamchi xo‘jalik yuritish uchun to‘rt sotixdan yer maydoni ajratib berildi.
“Yangi yil bayrami arafasida viloyatda bir guruh imkoniyati cheklangan fuqarolarga Prezident sovg‘asi – zamonaviy uylar kaliti topshirilgani ham xalqimizga xos mehr-oqibat, bag‘rikenglik, ezgulik singari go‘zal fazilatlarimizni yanada keng namoyon etib, nogironligi bo‘lgan shaxslarda Vatandan g‘urur-iftixor tuyg‘usini kuchaytirmoqda”, —deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Surxondaryoda hammasi bo‘lib 140 imkoniyati cheklangan oila Yangi yilni yangi uyda qarshi oldi.