Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Yangi yil tabrigi YouTube’ga joylashtirildi. Tabrik federal telekanallar tomonidan Uzoq Sharq mintaqasida ko‘rsatildi.
Putin o‘z tabrigida Yangi yil oilaviy bayramligini, u an’ana bo‘yicha oilav davrasida kutib olinishini eslatib o‘tdi. Shuningdek, barcha yangi yilga yangi umidlar bilan qarashini ta’kidlab o‘tdi.
Putin, shuningdek, ayni soatlarda ishda yoki xizmatda bo‘lganlarni alohida tabrikladi.
“Ushbu ajoyib Yangi yil oqshomida biz birgamiz”, — deb so‘ziga yakun yasadi Rossiya yetakchisi.
Izoh (0)