Termiz shahridagi Grand Almaz to‘yxonasida nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning farzandlari uchun Yangi yil bayrami tadbiri o‘tkazildi. Bu O‘zA xabar bermoqda.
Tadbirda nogironligi bo‘lgan shaxslarga protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari topshirildi.
2017-yilda Surxondaryo viloyatida 1 ming 70 ehtiyojmand kishiga bepul nogironlik aravachasi, 244 nafariga eshitish moslamasi, 600 ga yaqiniga boshqa tibbiy vositalar topshirildi.
Korxona-tashkilot va muassasalarda panduslar barpo etilib, ular emin-erkin kirib chiqishi uchun qulay sharoit yaratildi.
Izoh (0)