Ukrainada guvohlar erkak va cho‘chqaning yuk mashinasi ustidagi kurashini tasvirga oldi. Video Facebook’da e’lon qilingan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Эпическая борьба человека и свиньи на крыше грузовика под Киевом в Белой Церкви. Свинка таки вырвалась, спрыгнула с крыши и убежала:) Что послужило причиной конфликта и как стороны оказались наверху, не знаем:) Ждем Вас в телеграмм: ЧАТ для оперативной информации t.me/dtpkiev @dtpkiev

Geplaatst door dtp.kiev.ua op Woensdag 27 december 2017

Hodisa yo‘lning qatnov qismida yuz bergan. Videoda erkakning cho‘chqaga tashlanib, uning dumidan ushlab olgani va orqaga tortayotgani ko‘rinadi. Cho‘chqa erkakning qo‘lidan qochib, yo‘lga sakragan.

Bir necha metr balandlikdan yiqilgan bo‘lsa ham, cho‘chqa jiddiy jarohat olmagan va qochib ketgan. Cho‘chqaning qanday qilib yuk mashinasi tomiga chiqib olgani noma’lum.