Xalqaro press-klub va Janubiy Koreyaning haftalik nashri hisoblangan Uz Kor Economy Media Group o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda “Daryo”ga Xalqaro press-klub vakillari ma’lum qildi.
Memorandum Seul shahrida Xalqaro press-klub Raisi Sherzodxon Kudratxodjayev va Uz Kor Economy jurnali raisi Ryu Sok Ho tomonidan imzolandi.
Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad:
- O‘zbekistondagi iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlar haqida koreys xalqiga tezkor ravishda, ishonchli axborot yetkazish. Investitsion muhitni rivojlantirish va yirik sarmoyadorlarni jalb etish;
- O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida iqtisodiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish;
- Ommaviy axborot vositalarini faollashtirishga ko‘maklashish, ikki mamlakat o‘rtasida jurnalistlar tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish.
Ma’lumot uchun, Janubiy Koreyada Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Prezidenti lavozimidagi faoliyatining birinchi yili haqida koreys tilida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev” nomli kitob, aynan ushbu nashr tomonidan chop etilgan.
Izoh (0)