O‘zbekistonning barcha hududlarida ishlab turgan 133 postdan 66 tasi tugatiladi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zAga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Prezidentimizning murojaatnomasida viloyatlar o‘rtasidagi postlarning joylashuvi nafaqat fuqarolarimizga, balki iqtisodiyotimizga ham katta salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini aniq raqamlar bilan ko‘rsatib berildi”, — deyiladi xabarda.
Jumladan, respublika hududida 133 post bor. Shundan 60 ta yo‘l-patrul xizmati maskani va 73 ta patrul-post xizmati statsionar maskani joylashgan. Dastlabki o‘rganishlardan keyin 133 postdan 66 tasini tugatish to‘g‘risida xulosalar tayyorlandi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Izoh (0)