Rustam Mirsodiqovni iste’foga chiqargan Bekobodning “Metallurg” klubiga yangi bosh murabbiy topildi. Bu haqda “Championat.asia” nashri ma’lumot berdi.
“Paxtakor”ning yangi egalariga “O‘zmetkombinat” boshqaruvi ishonib topshirildi
Xabarda yozilishicha, “Metallurg” klubi bosh murabbiyi kutilmaganda “Paxtakor”ning yil yakunlariga bag‘ishlangan tadbirida e’lon qilingan. Bungacha Toshkent grandi safida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy bo‘lib ishlab kelgan Andrey Shipilov “Metallurg”ning yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirilgan.Bungacha Rustam Mirsodiqov Oliy Liga klublarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar orasida eng uzoq vaqtdan buyon ishlab kelayotgani bilan ajralib turgandi. Shipilov bilan shartnoma qanchaga mo‘ljal qilingani va boshqa ikir-chikirlar borasida ma’lumot yo‘q. “Paxtakor” banketida yangi murabbiyga omad tilangan.
Izoh (0)