Janubiy Koreya Respublikasi hech qanday dastlabki shartlarsiz KXDR bilan muloqot boshlashga tayyor. Bu haqda 22-dekabr, juma kuni Seulda birlashuv vaziri Cho Myon Gyon ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Tashvishga soluvchi masalalar bo‘yicha Shimol bilan dastlabki shartlarsiz ochiq muloqot olib borishni istaymiz”, — dedi u. Vazir Janubiy Koreya hukumati Pxenyan yadro muammosini tezroq hal etish uchun KXDR bilan aloqalarni tiklashga qaratilgan choralarni qabul qilayotganligini ta’kidladi.
U, shuningdek, KXDR sportchilari kelgusi yili Pxyonchxanda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishiga umid bildirdi.
Izoh (0)