Tojikiston ta’lim va fan vazirligi o‘rta maktablarda Yangi yil archalarini o‘rnatishni qat’iyan taqiqladi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.
Idora vakillariga ko‘ra, bu qaror ota-onalar iltimosiga binoan maktablarda bayram tadbirlari uchun pul yig‘ilishiga va umuman ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qabul qilingan.
“Ko‘plab ota-onalar vazirlikning ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilib, ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikni, maktablarda Yangi yil archalarining o‘rnatilishini taqiqlashni so‘radi. Biz shu asosda qaror qabul qildik”, — deb vaziyatga izoh berdi idora vakili Abdujabbor Aliyev.
Shu bilan birga, yoshlar tuman va shaharlarda o‘tkaziladigan Yangi yil tantanalarida ishtirok etishi mumkinligi ta’kidlandi.
Izoh (0)