Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida ayol kishining hayotiga tahdid qiluvchi zo‘ravonlik ishlatib, uning qimmatliklariga ega chiqqan ikki talonchi ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
“16-dekabr kuni Toshkent shahar IIBB xodimilari tomonidan o‘tkazilgan ‘Tozalash-Antiterror’ tadbiri davomida soat 22:00 larda Mirtolipov Murotjon Xamidulla o‘g‘li va muqaddam sudlangan Shodmonov Komiljon Kamol o‘g‘li Mirzo Ulug‘bek tumani hududida Kamilova Veronika Vladimirovnaning hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, Artel rusumli uyali telefoni, kumush zanjiri hamda 331 ming so‘m miqdoridagi pullarini egallab olganliklari aniqlandi”, — deyiladi xabarnomada.
Holat yuzasidan JKning 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bosqinchilik, ya’ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning har qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.
Izoh (0)