Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan “Rieltorlik xizmatlari sohasini yanada rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi farmon loyihasi tayyorlandi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.
Hujjatga ko‘ra,
- ko‘chmas mulk bozorida ko‘rsatiladigan axborot va konsultatsiya xizmatlarini litsenziyalash bekor qilinadi;
- rieltorlik tashkilotlari litsenziya olishi uchun minimal ustav kapitalga qo‘yiladigan talablar bekor qilinadi;
- 2018-yil 1-apreliga qadar rieltorlar va tegishli davlat organlari o‘rtasida ko‘chmas mulk obyektlari, ularning egalari, u yerda yashovchilar, qarzdorlik va boshqa masalalarda axborot taqdim etish bo‘yicha elektron aloqa tizimi joriy etiladi;
- Davlat soliq qo‘mitasi va SVOJJDLQK departamenti hamkorlikda muntazam ravishda litsenziyasiz rieltorlik xizmatlarini ko‘rsatayotgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tekshiruv choralarini amalga oshiradi;
- rieltorlik tashkilotlari uchun joriy etilgan daromad solig‘i va yagona soliq to‘lovi imtiyozlari 2020-yil 1-yanvariga qadar uzaytiriladi.
Rieltorlik tashkiloti vositachiligida tuzilgan 6 oygacha bo‘lgan shartnomalar davlat registratsiyasi va notarial tasdiqlashga muhtoj bo‘lmaydi.
Izoh (0)