Qozog‘istonning Olmaota shahridagi “Baris 4” bozorida kuchli yong‘in ro‘y berdi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” nashri xabar berdi.
Aytilishicha, oziq-ovqat solingan yettita konteynerga o‘t ketgan.
Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar olov tarqalishining oldini olishga erishdi.
O‘t o‘chirilganidan so‘ng 900 kvadrat metr hudud yongani aniqlandi. Yong‘inni bartaraf qilishda 96 kishi va 27 texnika birligi qatnashdi.
Izoh (0)