Toshkentda do‘stiga Janubiy Koreyadan ehtiyot qismlar olib kelishni va yangi olib berishni va’da qilib, 48 ming dollar pulni aldov yo‘li bilan olgan 34 yoshli erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Shayxontohur tuman IIBga ko‘ra, gumondor dastlab tanishiga Janubiy Koreyada avtomobil ehtiyot qismlarini olib kelib berishni va’da qilgan. Tovar uchun u avans tariqasida 35 ming dollar olgan. So‘ng, pulni qaytarmaslik uchun, erkak jabrlanuvchini yana bir bor aldagan. U Olmazor tumanidan 3 xonali uy olib berishni va’da qilib, undan qo‘shimcha tarzda 106 million so‘m (13 ming dollardan ko‘proq) olgan.
Oxir-oqibat u pulni ham qaytarmagan, va’dalariniyam bajarmagan.
Holat yuzasidan JKning 168-3 moddasi “b” bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Qonunbuzar 8 yilgacha qamalishi mumkin.
Izoh (0)