Rossiyaning Nenets muxtor okrugi Naryan-Mar tumanida qulagan An-2 samolyoti qurbonlarining oilalari, shuningdek, fojiada omon qolgan jabrlanuvchilarga tovon puli to‘lab beriladi. Bu haqda “TASS” xabar qildi.
Aytilishicha, mablag‘ muxtor okrug ma’muriyati zaxira jamg‘armasidan, shuningdek, “Naryan-Mar birlashgan aviaotryadi” AJ budjetidan ajratiladi.
Halok bo‘lganlarning oilalariga 3 million rubldan, jabrlanganlarga esa 2 million rubldan yordam berilishi ko‘zda tutilmoqda.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, fojia oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohat oldi.
Izoh (0)