Rossiya tergov idoralari Naryan-Marda qulagan An-2 samolyoti halokatining uch versiyasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.
Aytilishicha, fojiaga texnik nosozliklar, yomon ob-havo sharoitlari yoki uchuvchi xatosi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Hozircha bu versiyalarning birortasi o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, fojia oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, o‘ndan ortiq odam jarohatlandi.
Izoh (0)