O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda, “Postda” gazetasiga asoslanib, UzNews xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, podpolkovnik Rustem Boltaniyozov Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.
Polkovnik Muhammadjon Otaboyev Xorazm viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari — Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.
Podpolkovnik Mirzoxon Zubaydullayev Samarqand viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari — Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egallagan.
Podpolkovnik Erkin Safarov Buxoro viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari — Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.
Podpolkovnik Azizxon Saidxo‘jayev Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari — Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Izoh (0)