Ukraina sobiq mudofaa vaziri va “Fuqarolik platformasi” partiyasi yetakchisi Facebook’dagi sahifasida Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili tomonidan Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga yozgan maktubi mazmunining tafsilotlarini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Saakashvilining Ukraina prezidentiga shaxsiy maktubi, uning mamlakat manfaatlari yo‘lida Poroshenko bilan muzokaralar zarurati haqidagi bayonoti, navbatdagi marshga chiqishga ommaviy da’vat, unda biror marta ham Poroshenko sharifi eslanmaydi, buning o‘rniga tanqid umumlashtirilib ‘rasmiylar’ga qaratiladi — Mixailning bunday harakatlari Saakashvilida kuchli taranni ko‘rgan uning tarafdorlaridan ko‘pchiligi uchun kutilmagan holat bo‘ldi”, — deb yozadi Gritsenko.
U, shuningdek, bu harakati uchun Saakashviliga ta’na qilmaslikka chaqiradi.
Avvalroq OAV Saakashvili Poroshenkoga yarashish taklifi bilan maktub yozganligi haqida ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)