IShID terrorchi guruhi Pokistondagi cherkov portlashi uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Portlash Bilujiston viloyati markazi Kvetta shahrida ro‘y berdi. Portlash chog‘ida cherkovda 400 kishi bor edi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq odam yaralandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)