Muzeyga oxirgi marta qachon borgansiz? Muzey emotsiyalar, tuyg‘ular, bilimlar xazinasi ekanligini bilasizmi? Muzeylar faqat o‘quvchilar, san’atga aloqador kishilar, ekskursiyaga chiqqanlar uchun emas. Muzeylar hamma uchun, shu jumladan siz uchun hamdir.

Foto: “Espanarusa.com”

San’at – mo‘jizadir

San’at asarini tomosha qilayotganingizda, uni faqat miyangiz bilan emas, butun borlig‘ingiz bilan qabul qilasiz. Har bir san’at asari sizga juda ko‘p narsalar haqida hikoya qilib berishi mumkin.

Quyidagi oddiy maslahatlar muzeylar va ulardagi san’at asarlarini yoqtirib qolishingizga yordam beradi, degan umiddamiz.

  1. Har bir asar yoniga osib qo‘yilgan ma’lumot yozilgan taxtachani albatta o‘qing. Bundan asar haqidagi asosiy ma’lumotlarni bilib olasiz.
  2. Audiogid oling, undan san’at asarlari haqida ovozli ma’lumotlar olasiz.
  3. Muzeyning hamma zallarini tez aylanib chiqishni rejalashtirmang. San’at asari qarshisida to‘xtab, yaxshilab tomosha qiling, nimani his qilayotganingiz haqida o‘ylang va tushunishga harakat qiling.
  4. O‘zingizga va tuyg‘ularingizga ishoning.
  5. O‘zingizni muallifning o‘rniga qo‘yib ko‘ring. Uning dunyoni qanday ko‘z bilan ko‘rganligi, asardagi manzarani qanday taassurot ostida yaratganligi haqida tasavvur qiling. Shunda muallifning sizga o‘xshagan haqiqatda bo‘lgan yoki bor odam ekanligini tushunasiz va asarni kuchliroq his eta boshlaysiz.
  6. Muzeydagi odamlarni kuzatish ham o‘ziga xos qiziqarli. Kimdir har bir asar qarshisida uzoq vaqt to‘xtab, sinchkovlik bilan tomosha qilsa, kimdir tez-tez o‘tib ketadi, kimdir asarga umuman e’tibor bermaydi. Lekin odamlarni ayblamang, har kimning o‘z qiziqishlari va o‘z uslublari bor.
  7. Suhbatlarga quloq tuting. Tomoshabinlar orasida ekskursovodlar, san’at sohasi bilimdonlari yoki kutilmagan dunyoqarashga ega bo‘lgan odamlar uchrab qolishi mumkin. Ularning suhbatlaridan foydali va qiziqarli ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

Muzeylarda, ko‘rgazmalarda tasviriy san’atning ajoyib namunalari sizning tashrifingizni kutmoqda. Hozirning o‘zida ularni borib ko‘ring. Go‘zallikni his qiling, yuragingizni zavqqa to‘ldiring!

Manba: Rambler Weekend