AQSh Aloqa federal komissiyasi “tarmoq neytraliteti” qoidasini bekor qilish uchun ovoz berdi. Qoida provayderlarga internet trafikni bir xilda taqsimlashni ko‘zda tutar edi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Komissiya fikricha, hozirgi qoidalar investorlar va innovatsion texnologiyalar uchun to‘siqlar hosil qiladi. Yangilik esa internet provayderlarga tarmoqdagi ma’lum bir takliflarga ustunlik berish imkonini beradi.
Barak Obama ma’muriyati “tarmoq neytraliteti” konsepsiyasini qabul qilgan edi. Unga ko‘ra, provayderlar ko‘p trafik sarflovchi saytlardan qo‘shimcha to‘lov talab qilish yoki mazkur saytlar uchun ma’lumot uzatish tezligini pasaytirish huquqiga ega emas edi.
Tashabbus tanqidchilari yangi qoidalar ma’qullangandan so‘ng “ikki tezlikdagi internet” — badavlat kishilar uchun tezkor va qolganlar uchun sekin internet yuzaga kelishi mumkinligidan xavotirlanmoqda.
Izoh (0)