Afg‘oniston shimoli-g‘arbida, Turkmaniston chegarasida joylashgan Faryob viloyatida yaqin vaqt ichida AQSh harbiy bazasi tashkil etiladi. Bu haqda viloyat kengashi a’zosi Abdulahad Elbek bayonot berdi, deb xabar qiladi EADaily.
“Yaqin vaqt ichida Faryob viloyati hududida AQSh harbiy bazasi tashkil etiladi”, — dedi u.
Ta’kidlanishicha, bazaning asosiy vazifasi IShID jangarilariga qarshi kurash olib borish bo‘ladi. Ma’lumki, ushbu viloyatning katta qismi ayni paytda terrorchilar nazorati ostida.
Yaqin vaqt ichida 200 nafar amerikalik harbiy xizmatchi viloyatga yetib keladi.
Bundan tashqari, Elbek AQSh aviatsiyasi Xoja Sabzpo‘sh tumaniga zarba bergani, buning natijasida to‘rt jangari halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Faryob Afg‘onistonning Turkmanistonga eng yaqin viloyati hisoblanadi. Viloyat aholisining 54 foizi o‘zbeklar, 30 foizi tojiklardir.
Izoh (0)