Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

10-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida bo‘lib o‘tgan “Dasturlash soati” global aksiyasida 5 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lan 200 nafar bolalar qatnashdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Toshkentdagi Inha universiteti matbuot xizmati

Foto: Toshkentdagi Inha universiteti matbuot xizmati

4-dekabrdan 10-dekabrgacha dunyoning 180 dan ortiq mamlakatlarida “Dasturlash soati” aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Bu yil mazkur aksiya O‘zbekistonda ilk marotaba tashkil etildi. Loyiha Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan o‘tkazilib, uni Microsoft korporatsiyasi, BMTTD va CodeCraft loyihasi qo‘llab-quvvatladi.

Universiteti talabalari mashhur Minecraft o‘yiniga asoslangan Heroʼs Journey (“Qahramon yo‘li”) ni dasturlashni o‘rganish uchun uchta dars sessiyasini o‘tkazdi.

Microsoft korporatsiyasi muhandislari bolajonlarga informatika asoslarini oson va tushunarli tilda o‘rganishi uchun mazkur dasturni tayyorladi. Undan dars vaqtida, sinf soati va uy vazifalarini bajarishda foydalanish mumkin.

Aksiyaning barcha ishtirokchilari bir soat davomida Heroʼs Journey’ning bir qancha darajalarini bosib o‘tdi hamda tanlov yakunlariga ko‘ra sertifikat, shuningdek, Minecraft o‘yini qahramonlari aks etgan maxsus stikerlarni qo‘lga kiritdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zbekiston temir yo‘llari” talabalar uchun chiptalarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi
Dunyo
Bayden va Makronning kechki ovqati Oq uyga yarim million dollarga tushdi (video)
Kino
“Malikaning kundaligi”, “Forsaj”, “Joker” — davomi ekranlarga chiqishi kutilayotgan sevimli filmlar